Turkiya razvedkasi ikkita favqulodda xatarli terrorchini ushladi

Olam

image

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan “Kurdiston ishchilar partiyasi” (KIP) terror tashkilotining ikki nafar jangarisini qo‘lga olish uchun operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Atilla Chichek (kod oti “Lexenk”) va Husayn Yildirim (kod oti “Alisher”) allaqachon Turkiyaga yetkazilgan.

Turkiya xavfsizlik tuzilmalariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarga davlat yaxlitligi va birligini buzishga urinish aybi qo‘yilgan.

Terrorchi Chichek 2012 yil 25 sentyabr kuni Turkiya janubi-sharqidagi Tunjeli viloyatida sodir etilgan portlashga aloqador. Terror hujumi oqibatida yetti kishi, jumladan, olti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Ayni terrorchi 2020 yil 25 avgust kuni sharqiy Agra viloyatining Dog‘ubeyazit tumanida terakt uyushtirgani uchun qidiruvga berilgan edi.

Turkiya huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Chichek uzoq vaqtdan beri Suriya va Eronda, Yildirim esa Suriya va Iroqda KIP terrorchilari yetakchilari safida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya terrorchi

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing