Erdo‘g‘an nega Eron Prezidentidan “arazlagan”i aytildi

Olam

image

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘tgan hafta Turkiyaga rejalashtirilgan tashrifi bekor qilinishi mamlakat yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning xohishiga ko‘ra bo‘lgan. Bu haqda “Asharq al-Awsat” gazetasi diplomatik manbalariga tayanib, xabar berdi.

Unga ko‘ra, Raisiy tashrifining to‘satdan bekor qilinishi uning chaqiriqlari va Turkiyani Isroilga nisbatan qattiqroq pozitsiyani egallashi uchun bosim o‘tkazishga urinishlaridan keyin sodir bo‘lgan.

“Turkiya Isroildan o‘z elchisini chaqirib olganiga qaramay, Eron Anqaraga bosim o‘tkazib, Isroilga nisbatan qattiqroq choralar ko‘rishini talab qilgan”,  deb yozadi gazeta.

Erdo‘g‘an Ibrohim Raisiyning Turkiyaga tashrifini bekor qilgani Eronning Anqaraga qilgan bosimiga javob tariqasida baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Prezidentining Turkiyaga safari nega qoldirilgani haqida Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bayonot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Eron Ibrohim Raisiy Asharq al-Awsat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing