Turkiya, Pokiston va Afg‘oniston “Tolibon”ga murojaat yo‘lladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya, Pokiston va Afg‘oniston “Tolibon”ni “Afg‘onistonda barqaror tinchlikka olib keladigan har tomonlama muzokarali kelishuvga erishishga” sodiqligini tasdiqlashga chaqirdi. Bu haqda uch mamlakat Tashqi ishlar vazirlarining kecha, 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda aytilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, uning pokistonlik lavozimdoshi Shoh Mahmud Qurayshiy va Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar o‘z mamlakatlarining tinch, suveren, mustaqil, demokratik va birlashgan Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi.

Deklaratsiyada qayd etilishicha, doimiy tinchlikka faqat “afg‘onlarning o‘zi boshchiligidagi siyosiy jarayon” orqali erishish mumkin, bu Afg‘onistondagi mojaroni to‘xtatish uchun har tomonlama siyosiy kelishuv bilan birga doimiy va keng qamrovli sulhga erishishga intiladi.

Vazirlar Afg‘oniston tinchlik jarayoni va Dohada davom etayotgan tinchlik muzokaralarini “adolatli va uzoq muddatli” siyosiy kelishuvga erishish maqsadida qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlagan.

Shuningdek, ular Afg‘oniston bo‘yicha davom etayotgan tinchlik muzokaralariga “turtki berish” uchun Istanbulda sammit o‘tkazishga bo‘lgan Turkiya, Qatar va BMTning sa’y-harakatlarini alohida qayd etgan.

Afg‘oniston atrofidagi vaziyat

Joriy yilning 14 aprel kuni  “Tolibon” barcha xorijiy kuchlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi.

Jo Bayden 11 sentyabrgacha Afg‘onistondagi barcha AQSH askarlarini mamlakatdan chiqarish niyatida ekanini aytgandi. Harbiylarni chiqarish ishlari may oyidan boshlanishi kerak.

OAVda AQSH ortidan uning ittifoqchisi Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondagi harbiy kontingentini ortga qaytarishini haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shuningdek, Gruziya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmoqchi ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda o‘ldirilgan tinch aholining 43,5 foizi “Tolibon” hissasiga to‘g‘ri kelayotgani haqida xabar berilgandi.

Keyinchalik, rasmiy Tehron “Tolibon” harakatining Afg‘onistonda Islom amirligini tuzish bo‘yicha rejalari to‘g‘risida xabardorligi va bunga aslo yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

338

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing