Turkiya-Niderlandiya o‘yinidagi tartibsizliklarda 54 kishi hibsga olindi
Sport
−
08 iyul
4280Berlin huquq-tartibot idoralari 6 iyul kuni Turkiya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining chorak final o‘yini oldidan, o‘yin vaqtida va bahsdan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar tufayli 54 kishini hibsga oldi. Bu haqda Berlin politsiyasi o‘z bayonotida ma’lum qildi.
“Ozodlikdan mahrum qilish yoki cheklash bo‘yicha 54 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, jumladan, tan jarohati yetkazish, hududga noqonuniy kirish, haqorat qilish, firibgarlik yo‘li bilan pul undirish va giyohvand moddalarga oid qonunbuzarliklar bo‘yicha ish ochildi”, deyiladi xabarda.
O‘yin boshlanishidan avval Berlin politsiyasi muxlislarning “kulrang bo‘ri”ning millatchilik ishorasini ko‘rsatishi tufayli turk muxlislari yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. O‘yin vaqtida stadionda bir necha bor pirotexnika vositalari qo‘llanilgan, Brandenburg darvozasidagi fan zonada niderland va turk muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqan. O‘yindan so‘ng Braytshaydplatsda 50 kishilik guruh Turkiya va Falastinga oid shiorlar aytib, “kulrang bo‘ri” ishorasini ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, Turkiya-Niderlandiya o‘yini 2:1 hisobida gollandlarning foydasiga hal bo‘ldi. Endi Niderlandiya Yevro-2024 yarim finalida Angliya bilan to‘qnash keladi.
LiveBarchasi