Turkiya NATOdan quvilishi mumkin – CNN

Olam

image

Turkiya rasmiylarining Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga a’zoligi bo‘yicha pozitsiyasi tufayli mamlakat NATOdan chiqarib yuborilishi bilan tahdid qilinishi mumkin. Bu haqda CNN sharhlovchisi Devid Andelmanning maqolasida aytiladi.

“Turkiyani NATOdan chiqarib yuborish haqida allaqachon ko‘p fikrlar bo‘lgandi, ayniqsa [Turkiya Prezidenti Rajab Toyib] Erdo‘g‘an uch yil avval Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimlarini sotib olganidan keyin”, deydi jurnalist.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday qaror Shimoliy Atlantika alyansining strategik ahamiyatga ega mintaqadagi pozitsiyasini zaiflashtirishi mumkin.

Andelman Erdo‘g‘anni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchun “foydali do‘st” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya davlat rahbarining g‘arb ittifoqlari uning ambitsiyalariga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun butun dunyo bo‘ylab yetarlicha ittifoqdoshlari bor.

Qayd etish kerakki, Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirishga ariza bersa, uni qo‘llamasligini aytgan. Bunga Anqara ushbu ikki davlat terrorchilar uchun boshpanaga aylanganini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi.

“Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi Shimoliy Yevropa mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga hamda Rossiya-Finlyandiya ikki tomonlama munosabatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Bundan tashqari, Shvetsiyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi rahbariyati 15 may kuni Alyansga qo‘shilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qiladi. OAV xabarlariga ko‘ra, mamlakat kelasi hafta NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza beradi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala Skandinaviya davlatiga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi.

Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida uzoq muddatli betaraflikdan voz kechish va NATOga qo‘shilish imkoniyatlari haqida gapira boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing