Turkiya mehmonxonalarida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilmaydi
Olam
−
22 dekabr 2020
4103Turkiya mehmonxonalarida Yangi yil bayrami kunlari ommaviy ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berilgan.
Taqiq tadbirlardan tashqari, mehmonxonalar hududidagi har qanday promoaksiyalar va reklama kampaniyalariga ham tegishli.
Qayd etilishicha, taqiq joriy yilning 31 dekabr kuni soat 21:00 dan kuchga kiradi va kelgusi yilning 4 yanvar kuni soat 5:00 ga qadar amalda bo‘ladi.
Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, ushbu davr mobaynida mehmonxona ma’muriyati nazoratni kuchaytiradi.
Qayd etilishicha, mamlakat Ichki ishlar vazirligi Turkiyaning barcha viloyatlari rahbariyatiga sirkulyar yuborgan. Qoidalarni buzganlar Respublika Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Ma’lumot uchun, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 2,04 mlndan oshgan. 18 ming 351 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi