Turkiya Malidagi to‘ntarishlar va Prezidentning hayotidan xavotirdaligini bildirdi

Olam

image

Rasmiy Anqara Mali prezidenti Ibrohim Babakar Keyta hukumat va parlamentni tarqatib yuborishga va harbiy to‘ntarishda iste’foga chiqishga majbur bo‘lganidan chuqur xavotirda va afsusdaligini bildirdi. Bu haqda Turkiya TIV xabarida aytilgan. 

Vazirlik do‘st va qardosh Malida ichki tinchlik, ishonch va barqarorlik muhiti tezda tiklanishiga, Prezident Keyta va boshqa hibsga olingan yuqori martabali amaldorlarning zudlik bilan ozod qilinishiga va mamlakatda konstitutsiyaviy tuzumning imkon qadar tezroq tiklanishiga umid bildirdi. 

"Anqara Keytaning parlament va hukumatni tarqatib yuborishi va bir kun oldin Malida bir guruh qurolli kuchlar tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida iste’foga chiqishi haqidagi qaroridan qattiq xavotirda", deyiladi xabarda. 

Turkiya, Malidagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan BMT, Afrika Ittifoqi va G‘arbiy Afrika mamlakatlarining iqtisodiy hamjamiyatining (ECOWAS) harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. 

“Turkiya ushbu mushkul davrda qardosh va do‘stona Mali yordamini davom ettiradi”, deyiladi TIV axborotida. 

Malidagi harbiy to‘ntarish

Mali prezidenti Ibrohim Babakar Keyta isyonchilar tomonidan qo‘lga olinganidan keyin iste’foga chiqishini e’lon qildi

Avvalroq, Malidagi isyonchi harbiy kuchlar rahbarlari mamlakat prezidentini mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da mamlakat poytaxti Bamakoda joylashgan prezident qarorgohida hibsga olgani, keyin uni Kati shahridagi garnizonga olib ketgani haqida xabar berilgan edi. 

Keyita davlat televideniyesida bayonot berdi va 10-12 iyuldagi norozilik namoyishlari paytida fuqarolarning o‘limidan afsusda ekanini bayon qildi. Shuningdek, prezident parlament va hukumat tarqatib yuborilishini aytdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Mali

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing