Turkiya Liviya va Qorabog‘ga kirgani kabi Isroilga ham kirishi mumkin – Erdo‘g‘an
Olam
−
29 iyul
7108Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya bir paytlar Qorabog‘ va Liviyaga kirganidek, Isroilga ham kirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 28 iyul kuni Rizo viloyatidagi hukmron partiya qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘z ochdi.
Erdo‘g‘an, birinchi navbatda, Turkiya mudofaa sanoati yutuqlarini qayd etgan, ammo uning fikricha, agar ular muhimroq bo‘lganida, Isroil “Falastinga qilgan ishni qilmagan bo‘lardi”. Turkiya yetakchisi Isroilga kirmaslik uchun hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidladi.
Turkiya yetakchisining aytishicha, Falastin rahbari Mahmud Abbos turk tomonining respublika parlamentida so‘zlashish taklifiga javob bermagan. Avvalroq Turkiya Prezidenti Falastin rahbarini Anqara tashabbusiga e’tibor bermagani uchun uzr so‘rashga chaqirgandi.
Erdo‘g‘anning bu chiqishidan so‘ng, Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats Turkiya Prezidentini Isroilga bostirib kirishidan mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida ogohlantirgan.
“Erdo‘g‘an Saddam Husayn izidan bormoqda va Isroilga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda. U yerda (Iroqda) nima bo‘lganini va hammasi qanday tugaganini eslasin”, deb yozdi Kats X ijtimoiy tarmog‘ida.
LiveBarchasi