Turkiya lirasi keskin qadrsizlanyapti

Olam

image

Turkiya milliy valyutasi lira to‘rtinchi kun ketma-ket qadrsizlanyapti. Turk lirasi qadrsizlanishi avgustda kuchaygandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Mutaxassislar iqtisodiy inqiroz Turkiyada inflyatsiyani to‘xtatishini taxmin qilgan, biroq amalda bunday bo‘lmagan. Shunga qaramay, Turkiyaning mahalliy pul-kredit siyosati yengilligicha qolmoqda.

So‘nggi sutkada turk lirasining dollarga nisbatan kursi 0,75 foizga tushib ketib, 1 dollar uchun 7,446 lirani tashkil qildi.

Lira Turkiya Markaziy bankining doimiy qo‘llab-quvvatlashiga qaramay 2020 yilda dollarga nisbatan 20 foiz qiymatini yo‘qotgan. Hozircha Turkiya milliy valyutasi Yevropadagi eng yomonk o‘rsatkichlaga ega bo‘lib turibdi.

Turkiya lirasi 2018 yildan beri qadrsizlanib keladi. Bunga AQSH va Turkiya o‘rtasida amerikalik rohib sabab yuzaga kelgan mojaro asosiy omil bo‘lgan. Davlatlar o‘rtasidagi mojaro keyinroq hal bo‘ldi. Biroq Turkiya valyutasini barqarorlikka erisholmadi.

Shundan beri Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aholini milliy valyuta foydasiga dollardan voz kechishga chaqirib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta lira

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing