Turkiya “xorijiy agentlar” haqida qonun qabul qilishi mumkin – “Bloomberg”
Olam
−
01 noyabr
1942Turkiya hukumati yaqin orada qabul qilinishi rejalashtirilgan xorijiy ta’sirga qarshi kurashish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda o‘z qo‘liga tushgan hujjat loyihasiga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Unga ko‘ra, qonun “davlat xavfsizligi yoki uning ichki va tashqi siyosiy manfaatlari”ga qarshi boshqa davlat yoki xorijiy tashkilotning ta’siri yoki buyrug‘i bilan ishlayotganlarga qarshi kurashishga qaratilgan bo‘ladi. Qonunni buzganlik uchun yetti yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.
“Bloomberg”ning yozishicha, bunday qadam go‘yoki norozilikni bostirish uchun qo‘llanilishi mumkin, bu esa ayrim ijtimoiy guruhlar va tashkilotlarda xavotir uyg‘otmoqda.
Ma’lumot uchun, xuddi shunday “Chet el ta’sirining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun Gruziya parlamenti tomonidan 14 may kuni qabul qilingan edi. Bu voqea Yevropa Ittifoqi va AQSHning keskin bayonotlariga sabab bo‘ldi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonun qabul qilinsa, reyestrda ro‘yxatdan o‘tmasliklarini qayta-qayta ta’kidlagan, chunki ular xorijiy davlat manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlar deb atashni adolatdan emas, deb hisoblaydilar.
Gruziya rasmiylari qonun faqat moliyaviy shaffoflik uchun zarur, xorijdan moliyalashtirish esa chet el manfaatlarini ilgari surish demakdir, deb turib oldi.
Qayd etish joiz, shu kabi qonun Rossiyada ham bor.
LiveBarchasi