Turkiya Qrimga yaqinlashmoqda, Ukraina havotirda

Olam

image

Kecha, 3 oktyabr kuni Turkiya-Qrim iqtisodiy forumi ilk marotaba Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Inosmi xabar bermoqda. 

Turkiya bilan Qrim o‘rtasidagi savdo-sotiqning kengayishi Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmini 100 milliard dollarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, hamma bunday ambitsiyalardan mamnun emas: Ukrainaning forumga to‘sqinlik qilishga urinishlari qayd etildi.

Turkiya va Qrim o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va tijoratning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan holda Istanbulda Turkiya-Qrim iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Qrimni rivojlantirish jamg‘armasi, Rossiya Federatsiyasining janubiy federal okrugining tabiiy resurslarni rivojlantirish sohasidagi eksport, import va sarmoyalar markazi, "Gyorev" xolding, shuningdek, Qrimning xalqaro do‘stlari uyushmasi, biznes vakillari ishtirokida tashkil etilgan forumda biznes vakillari o‘zaro fikr almashdi. 

Forumning ochilishida so‘zga chiqqan Qrim Taraqqiyot Jamg‘armasi raisi Unver Sel Turkiya-Qrim Iqtisodiy Forumi birinchi marotaba o‘tkazilayotganini va Turkiya bilan Qrim o‘rtasidagi savdo-sotiqni kengaytirish ushbu maqsadga erishishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi. Sel, Ukrainaning forumga to‘sqinlik qilish urinishlari haqida xabar berar ekan, Turkiyaning Ukrainadagi elchixonasi Turkiya va Qrim o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qilish uchun harakat qilganini ta’kidladi. 

Forumning birinchi qismida Qrim ishbilarmonlari so‘zga chiqdi. Rossiya Federatsiyasining janubiy federal okrugining tabiiy resurslarni rivojlantirish sohasidagi eksport, import va investitsiyalar markazi vakili Natalya Nikolayevna o‘z nutqida yaxshi yangilikni aytdi: kelgusi bir yarim oy ichida Turkiya va Qrim o‘rtasida yuk tashish boshlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Qrimda pul o‘tkazmalari yevro, yuan, dollar va rublda amalga oshiriladi. Yaqin orada Suriya bilan yangi bitimlar tuzish ham mumkin.

Ma’ruzalarda Turkiya bilan Qrim o‘rtasida qardoshlik aloqalari mavjudligi ta’kidlandi. Qrim Turkiyaning ukasi. Qrim — bu imkoniyatlar mamlakati  ekani aytildi. 

Qrim Taraqqiyot Jamg‘armasi rahbari Unver Selga ko‘ra, Rossiya bilan samolyot inqirozidan keyin munosabatlar yomonlashganda, Turkiyaning Qrim bilan aloqalari uzilganini esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, forumda ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. U, “Turkiya NATO a’zosi. Turkiya YeI bilan hamkorlik qilmoqda. Turkiya Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmaydi. Ammo Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanmoqda.

Birodarlar,Turkiyaning dindoshlari Qrimda yashaydi. Turkiya ushbu odamlar bilan ikki tomonlama muloqotni yo‘lga qo‘yishi, Qrimning rivojlanishiga hissa qo‘shishi va ushbu bozorning imtiyozlaridan bahramand bo‘lishi kerak. Biz Turkiyani taklif qilamiz. Qrim xalqaro kuchlar foydalanadigan materialga aylanmasligi kerak. Qrim yarim orolida tinchlik bo‘lsin. Qrim Rossiyaga ommaviy ovoz berish natijasida qo‘shildi. Qrim xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan foydalangan. Qrimning xavfsizligi bu butun dunyoning xavfsizligidir. Qrimda bosim yo‘q, urush ham yo‘q. Qani, borib o‘zlari ko‘rishsin", dedi Unver Sel 

Dasturning ikkinchi qismi o‘z kompaniyalarini taqdim etgan turkiyalik ishbilarmonlar tomonidan tayyorlangan. "Gyorev" xolding boshqaruvi raisi Tugay Shen o‘z nutqida Qrim Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Qrim "Atlantika tizimining poydevori"dan ko‘ra Rossiya Federatsiyasining "faxriy a’zosi" bo‘lishni afzal ko‘rdi.

"Qrim sarmoyadorlar va sherik kompaniyalarga, shu jumladan Turkiya oldinda turgan sohalarga muhtoj", dedi Shen. Shenning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiya va boshqa do‘stona davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun Qrim Rossiya hududi ekanini, shuningdek, Abxaziya Respublikasini tan olishini e’lon qilishi kerak.

Shen ushbu qadamlardan keyin Rossiya ham o‘z navbatida Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olish uchun choralar ko‘rishiga ishonch bildirdi. Shen o‘z nutqini olqishlar bilan yakunladi: “Turkiyaning bu qadamlarni qo‘yishiga hech qanday qonuniy to‘siqlar yo‘q. Aslida Turkiya endi NATO mamlakati emas ”, dedi Tugay Shen.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ukraina Qrim Rossiya

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing