“Turkiya “qizil chiziq”dan o‘tdi”: Trampning oqilona yechimi “tagiga oldimi”?
Olam
−
26 noyabr 2019
7340Turkiya Rossiyadan sotib olgan S-400 zenit raketa komplekslari va radiolokatsion stansiyani sinovdan o‘tkazish bilan belgilangan “qizil chiziq"dan o‘tib ketdi, deb ta’kidladi AQSH Kongressi Senati a’zosi Kristofer Van Xollen Turkiya Hukumatining S-400 majmuasi va RLS sinovini boshlash niyatidaligiga izoh berib. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Oq uyga tashrifidan ikki hafta o‘tib, [Turkiya Prezidenti] Erdo‘g‘an S-400 sinovini boshlab navbatdagi “qizil chiziq"dan o‘tdi va Trampga, shuningdek, AQSH va NATOga burnini ko‘rsatdi. Amaldagi Amerika qonunchiligi Trampdan Turkiyaga qarshi sanksiya joriy qilishni talab qiladi”, deb yozdi senator ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Bundan tashqari, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Turkiyaning “Suriyadagi xavfsiz hudud”da navbatdagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygani masalasini ko‘tarishi kerakligi ta’kidlandi.
Pentagon esa F-16 samolyotlari orqali S-400 ZRM sinovida AQSH harbiylari ishtirok etayotgani haqida ma’lumot berishni istamadi.
Eslatib o‘tamiz, Oq uyda Rajab Toyib Erdo‘an bilan uchrashuvdan keyin Donald Tramp rasmiy Anqaraning Rossiyadan qurol sotib olishi natijasida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatga oqilona yechim topishga umid bildirgandi.
LiveBarchasi