Turkiya qachon Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishi aytildi 

Olam

image

Rossiyaga qarshi sanksiyalar BMT tomonidan ma’qullansa, Anqara ularga amal qilishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.  

“Turkiya xalqaro qonunlarga amal qiladi, muvozanatli siyosat olib boradi. Agar BMT Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ma’qullasa, Turkiya ularga amal qilishga majbur bo‘ladi”, degan u NTV telekanaliga bergan intervyusida. 

Chavusho‘g‘li, shuningdek, BMTni isloh qilish tarafdori ekanini aytgan. Unga ko‘ra, Turkiya Ukrainadagi vaziyat tufayli yangi "sovuq urush" belgilarini ko‘ryapti.

“Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush oqibatlari va joriy qilingan sanksiyalar uzoq vaqt davomida seziladi deb taxmin qilamiz. Bu [tiklanish jarayoni] biroz vaqt oladi. Biz yangi sovuq urush belgilarini ko‘ryapmiz, lekin prinsipial tashqi siyosat olib borishda davom etaveramiz”, degan u. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yaqin kunlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Ukrainadagi vaziyat yuzasidan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtiryapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

559

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing