Turkiya Isroildan qarzdor emas, uning aybini ochiq aytadi – Erdo‘g‘an

Olam

image
Erdo‘g‘an nemis OAVsini Turkiyaga tahdid qilmaslikka chaqirdi north_east

Erdo‘g‘an nemis OAVsini Turkiyaga tahdid qilmaslikka chaqirdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uning mamlakati Isroildan qarzdor emasligi, shuning uchun u G‘azo mojarosi bo‘yicha mamlakat pozitsiyasini erkin ifodalashi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 17 noyabr kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Isroil-Falastin mojarosiga burch psixologiyasi nuqtai nazaridan baho bermaslik kerak. Men erkin gapiraman. Chunki biz Isroildan hech narsa qarzdor emasmiz. Qarzdor bo‘lsak, bunchalik erkin gapira olmasdik. Ammo qarzi borlar bemalol gapira olmaydi. Biz Holokostdan o‘tmaganmiz. Bizda bunday holat yo‘q”, degan Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Prezident 7 oktyabr voqealarini G‘azo sektoridagi joriy voqealarning “boshlang‘ich nuqtasi” sifatida ko‘rsatishga urinishlarni rad etgan. 

“7 oktyabrdan keyingi davr umuman muhokama qilinmayapti. HAMASning quroli va qudratini Isroilniki bilan solishtirish mumkinmi?”, deydi u.

Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolari Yaqin Sharqda adolatli va mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishi kerak.

"Turkiya va Germaniya insonparvarlik sulhiga qanday hissa qo‘shishi mumkin? Biz bu qadamlarni birgalikda qanday qilamiz? Biz bunga rozimizmi yoki yo‘qmi? Bir haftadan keyin Germaniya Prezidenti Isroilga boradi. Men unga iltimos bilan murojaat qildim: siz bir tomondan biz ikkinchi tomondan o‘t ochish to‘xtatilishini ta’minlaylik. Agar Germaniya, Turkiya va boshqalar bilan birgalikda gumanitar sulhni ta’minlay olsak, mintaqani olov halqasidan qutqara olamiz", deydi Turkiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Turkiya Olaf Shol'ts Rajab Toyyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made