Erdo‘g‘an nemis OAVsini Turkiyaga tahdid qilmaslikka chaqirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Berlindagi matbuot anjumani chog‘ida nemis jurnalistiga keskin javob qaytardi va uni Turkiyaga tahdid qilmaslikka chaqirdi.

DPA muxbiri Erdo‘g‘anga NATO a’zosi sifatida Turkiya turli xalqaro mavzularda o‘z ittifoqchilaridan farq qiladigan pozitsiyani qanday egallashi mumkinligi haqida savol berdi.

Shuningdek, u Berlin Anqaraga Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlarini sotadimi yoki yo‘qligini so‘radi.

"Birinchidan, Turkiya NATOdagi yetakchi davlatlardan biri, biz kuchli beshlikka kirdik. Turkiya NATOda oddiy davlat emas. Ayni damda NATOda qanday fikr va qarashlar bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda kim qaysi tomonda? Ular Ukraina tomonida. Turkiya o‘laroq biz ham Ukraina, ham Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Ammo aynan biz g‘alla yo‘lagi bo‘ylab Yevropa va Afrikaga 33 million tonna g‘alla tashigan edik”, deb eslatdi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari qiruvchi samolyotlar haqidagi savolni tahdid deb tushundi.

"Germaniya qiruvchi samolyotlarni sotadimi? Dunyoda qiruvchi samolyotlar ishlab chiqaradigan yagona davlat Germaniyami? Ko‘p davlatlar bu borada ishlamoqda. Turkiya hozirda uchuvchisiz samolyotlar bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri. Matbuot vakili sifatida bizga bu bilan tahdid qilishingizga ehtiyoj yo‘q. Bizga vijdonan savollar bering, biz sizga shu nuqtai nazardan javob beramiz”, deb maslahat berdi Turkiya Prezidenti jurnalistga.

Shuningdek, Erdo‘g‘an nemis ommaviy axborot vositalari vakilining “G‘azo sektoridagi cherkovlarning o‘qqa tutilishi” haqida qayg‘urmasligidan hayratda qolganini aytdi.

"Isroil minglab falastinliklarni o‘ldirmadimi? O‘ldirdi. Shifoxonalarni vayron qildimi, ibodat joylarini, cherkovlarni urdimi? Musulmon sifatida men bundan xavotirdaman. Xristian sifatida siz bu cherkovlarning o‘qqa tutilishidan tashvishlanmaysizmi? Nega ularga qarshi gapirmaysiz? Biz uchun yahudiy, nasroniy va musulmon o‘rtasida farq bo‘lmasligi kerak. Men antisemitizmga qarshi kurashgan birinchi rahbar edim”, degan Turkiya rahbari.

Matbuot anjumani Berlinda Erdo‘g‘anning Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralari arafasida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing