Turkiya elchixonasi tajovuzkor maktab direktori ustidan surushtiruv boshladi
Olam
−
22 fevral 2019
9948Avvalroq, Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi turk maktabi direktori 9 yashar o‘quvchiga jinsiy tajovuz qilgani haqida xabar bergan edik.
Bishkekdagi maktabda yuz bergan holat bo‘yicha Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi rasmiy bayonot berdi. Bu haqda “Vechernыy Bishkek” nashri xabar berdi
Elchixona OAVda tarqalgan xabarlar ortidan darhol surushtiruv ishlarini boshlagan. Direktor va uning o‘rinbosarlari lavozimidan bo‘shatilgan. Ularning o‘rniga vaqtinchalik administratsiya tayinlangan.
Qayd etilishicha, Turkiyadan keladigan inspektorlar kerakli inspeksion tekshiruv o‘tkazadi.
Shuningdek, mazkur masala yuzasidan Qirg‘izistonning mas’ul idoralari bilan yaqindan aloqalar o‘rnatilgan. Barcha zarur ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilgan.
LiveBarchasi