Turkiya chegara o‘tish punktini suriyalik qochqinlar uchun ochadi
Olam
−
10 dekabr
1965Kecha, 9 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan so‘ng suriyalik qochqinlar o‘z vataniga xavfsiz va ixtiyoriy tarzda qaytishini ta’minlash uchun Suriya-Turkiya chegara o‘tkazish punktini ochishni e’lon qildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘tkazish punkti 2013 yildan buyon yopiq edi.
“Kecha Suriya uchun qorong‘i davr tugadi, yangi, yorqin bir sahifa boshlandi. Suriyada o‘zgarishlarning kuchli shamoli barcha suriyaliklarga, ayniqsa, boshpana izlovchilarga foyda keltiradi”, deydi Turkiya Prezidenti Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida.
Ma’lumot uchun, Turkiya Suriyadagi 900 kilometr uzunlikdagi chegara orqali 2011 yildan boshlab 3 milliondan ortiq suriyalik boshpana izlovchini qabul qilgan. Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng yuzlab suriyaliklar vatanlariga qaytish uchun chegara tomon yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya o‘tish davrida Suriyani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgandi.
LiveBarchasi