Turkiya BRICS’ga qo‘shilmoqchi
Olam
−
04 iyun
8483Turkiya BRICS’ga a’zo bo‘lmoqchi, bu masala ittifoq vazirlarining Nijniy Novgoroddagi yig‘ilishida muhokama qilinadi. Bu haqda Xitoyda safarda bo‘lgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bayonot berdi.
"Albatta, biz BRICS’ga a’zo bo‘lishni xohlaymiz. Keling, bu yil nimaga erishishimiz mumkinligini ko‘rib chiqaylik", degan vazir.
“South China Morning Post” nashrining qayd etishicha, Fidan Pekindagi tadbir davomida Rossiyadagi BRICS vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etishni kutayotganini ham aytgan. Gazetaning yozishicha, ushbu yig‘ilishda kun tartibidagi mavzulardan biri NATO a’zosi bo‘lgan Turkiyaning BRICS’ga qo‘shilish ehtimoli bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 1 yanvaridan Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron va Efiopiya BRICS guruhiga (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) rasman qo‘shilgandi.
LiveBarchasi