Turkiya BRICS bilan hamkorlik qilish uchun suveren huquqqa ega – NATO

Olam

image

Turkiya o‘zining BRICS bo‘yicha hamkorlari bilan ishlashda suveren huquqqa ega. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Tallinda Estoniya Bosh vaziri Kristen Mixal bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Ryutte Turkiyaning BRICS’ga kirishi “tashvish manbai” bo‘lganmi degan savolga javoban NATO “Turkiya ham BRICS bo‘yicha ba’zi sheriklari bilan ishlamoqda va bu uning suveren huquqi” ekanini bilishini aytdi. Alyans Bosh kotibi Turkiya NATOdagi “juda muhim ittifoqchi” ekanini ta’kidladi.

“Turkiya NATOning eng yaxshi jihozlangan armiyalaridan biriga ega. U NATO geografiyasining o‘z qismida (janubiy-sharqiy qanot) muhim rol o‘ynaydi. Bu butun NATO uchun ko‘plab imkoniyatlar beradi”, deb ta’kidladi u.

Ryutte Turkiyaning uzoq yillardan beri NATOning bir qismi ekanligini eslatdi.

“Turkiya uzoq yillar davomida Ittifoqning ajralmas qismi bo‘lib kelganidan juda xursandmiz va mamnunmiz. Albatta, alyansdagi 32 demokratik davlat o‘rtasida u yoki bu masala bo‘yicha munozaralar doimo bo‘ladi", dedi NATO Bosh kotibi.

Shimoliy Koreyaning Ukraina bilan bo‘lgan mojaroda Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shin yuborish ehtimolini izohlar ekan, Ryutte bu masala bo‘yicha Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqot qilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, u Janubiy Koreyadan kelasi hafta NATOga ushbu masala bo‘yicha ma’lumot berish uchun mutaxassislar yuborishni so‘ragan.

“Vaziyatning bunday rivojlanishi mintaqadagi keskinlikning kuchayishiga olib keladi. Biz hozir kun tartibiga qo‘yilgan ayblovlarni tasdiqlay olmaymiz", deb qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan  Xitoyga safari chog‘ida Turkiya BRICS’ga a’zo bo‘lmoqchiligi, bu masala ittifoq vazirlarining Nijniy Novgoroddagi yig‘ilishida muhokama qilinishini aytgandi. “Bloomberg” nashri esa manbalariga tayanib, Turkiya hukumati bir necha oy oldin BRICS'ga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirganini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya BRICS Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made