Turkiya birinchi milliy fregatini suvga tushirdi (fotoreportaj)

Olam

image

Bugun, 23 yanvar kuni Turkiya milliy harbiy kemasi – “Istanbul” (F-515) fregatini suv tushirdi. Marosimda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham qatnashdi.

“Harbiy, Iqtisodiy va diplomatik jihatdan kuchli bo‘lish biz uchun shunchaki tanlovdan muhim zaruratdir,”, degan Erdo‘g‘an fregatni suvga tushirish marosimidagi nutqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2002 yilda mamlakat mudofaa sanoatida 20 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, hozir bu raqam 700 taga yetgan.

“Biz o‘zimizning quruqlik va dengiz texnikalariga bo‘lgan ehtiyojimiz bilan bir qatorda do‘st va ittifoqdosh davlatlar ehtiyojlarini ham qondiradigan mamlakatga aylandik. Biz o‘z harbiy kemalarini loyihalashtirish, qurish va saqlashga qodir 10 ta davlat qatoriga kiramiz. Biz dronlar, jumladan, hujumkor uchuvchisi uchish apparatlari ishlab chiqaradigan yetakchi 3-4 davlat qatoridamiz. Bizning dronlarimizni butun dunyo hasad bilan kuzatyapti”, degan Erdo‘g‘an.

1

Birinchi toifaga mansub “Istanbul” fregati MİLGEM harbiy kemalar qurish milliy dasturi doirasida suvga tushirilgan beshinchi kema bo‘ldi. Jami 4 ta fregat qurish rejalashtirilyapti. Avval Turkiyada “Ada” sinfiga mansub 4 ta kichik harbiy kema ishga tushirilgandi. Biroq “Istanbul” o‘z toifasidagi birinchi kema. Fregatning uzunligi 113 metr, kengligi 14,4 metr, suv sig‘imi 3 ming tonna atrofida. “Ada” korvetlaridan farqli o‘laroq, “Istanbul” fregati “quruqlik-havo” raketalarini uchirish tizimi bilan jihozlangan.  Fregat Turkiya Dengiz kuchlariga 2023 yilda topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

297

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing