Turkiya birinchi xonimi o‘zbek atlasida ko‘rinish berdi
Olam
−
09 aprel 2019
17256Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an 6 aprel, yakshanba kuni Iordaniya qirolichasi Raniya Al-Abdulloh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
E’tiborli jihati shundaki, Turkiya birinchi xonimi qirolicha Raniya bilan uchrashuvda o‘zbek shoyi matosida namoyon bo‘lgan. Ushbu suratlar Emina Erdo‘g‘anning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali tarqatildi.
Unda qayd etilishicha, Turkiya birinchi xonimi qirolicha Raniya bilan Iordaniya poytaxti Umman shahrida hunarmandlar yasagan buyumlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Emina Erdo‘g‘anning hunarmandchilik buyumlari, san’at asarlariga mehri bo‘lakcha. U O‘zbekistonga tashrifi davomida ham mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va uning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva bilan hunarmandchilik buyumlari, milliy matolar namunalari va dizaynerlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar namoyishi bilan tanishgan edi.
LiveBarchasi