Turkiya birinchi ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi 

Olam

image

Bugun, 23 may kuni Turkiyada birinchi milliy ballistik raketa Tayfun'ning yangi sinovlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa sanoati departamenti rahbari Ismoil Demir Twitter'da ma’lum qildi.

“Biz Tayfun raketasini muvaffaqiyatli uchirdik”, deb yozgan Demir.

TRT telekanali xabariga ko‘ra, raketa soat 06:44 (Toshket vaqti bilan 08:44)da Qora dengiz sohilidagi Rize-Artvin aeroporti hududidan uchirilgan. Uchirish vaqtida aeroport ichida va atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa bo‘lgan raketaning uchish masofasini 561 kilometrdan 1000 kilometrgacha oshirish rejalashtirilganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Roketsan tomonidan ishlab chiqilgan Tayfun raketasining ilk sinovlari Turkiya tomonidan 2022 yil oktyabr oyida Qora dengiz ustida o‘tkazilgan. U yaqin kelajakda turk armiyasiga xizmatga kirishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya ballistik raketa Tayfun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing