Turkiya bir qancha davlat rahbarlarini mitingga taklif qildi

Olam

image

Turkiya ertaga, 28 oktyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi yirik mitingga bir necha davlat rahbarlarini taklif qildi. Bu haqda “Sabah” gazetasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mitingga xorijiy davlatlar rahbarlari, shuningdek, ma’naviyat arboblari taklif etilgan. Ular qatorida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud va Misr Prezidenti Abdel Fattoh as-Sisi, shuningdek, Liviya, Livan va Iordaniya davlatlari rahbarlari ham bor. Gazeta ular taklifni qabul qilgani yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan. 

Ma’lumot uchun, kecha, 26 oktyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat parlamentida so‘zlagan nutqida respublika fuqarolarini falastinliklar bilan birdamlikka chaqirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidentining qizi Sumaya Erdo‘g‘an ham Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi mitingda qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya miting Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing