Turkiya Baydenning qaroriga tez orada javob berishini ma’lum qildi 

Olam

image

Anqara AQSH Prezidenti Jo Baydenning XX asrning boshlarida Usmonli imperiyasida arman qirg‘inini tan olish to‘g‘risidagi qaroriga javob beradi. Bu haqda Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rasmiy vakili Ibrohim Kalin ma’lum qilgan. 

"Yaqin kunlar va oylarda har xil shakl, tur va darajadagi reaksiyalar bo‘ladi", degan Erdo‘g‘anning vakili. 

Kalin Amerika rasmiylarining qarorini "shunchaki fitna soluvchi" deb atagan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden XX asr boshida Usmonli imperiyasida yuz bergan xunrezlikni arman genotsidi deb tan olgandi. 

Keyinroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li rasmiy Anqara bu bayonotni rad etishini ma’lum qildi. Amerikaning Turkiyadagi elchisi TIVga chaqirtirilib, unga norozilik bildirildi. 

Shuningdek, AQSHning Turkiyadagi elixona va konsulxonasi ehtimoliy noroziliklar sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya

Baholaganlar

287

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing