Turkiya Al-Aqso masjidi maqomiga alohida ahamiyat beradi – Erdo‘g‘an
Olam
−
21 aprel 2022
8699Rasmiy Anqara Isroil vakillari bilan har bir uchrashuvda Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidining Turkiya va butun islom olami uchun ahamiyatini ta’kidlaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 20 aprel kuni Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdani fraksiyasi oldida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Erdo‘g‘an Turkiya Isroil va Falastin o‘rtasidagi qarama-qarshilik, jumladan, Islomning uchinchi eng muhim ziyoratgohi – Al-Aqso masjidi hududidagi fitnalar to‘xtashgia umid qilishini ta’kidladi.
“Turkiyaning Isroil bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari boshqa, Anqaraning islom ziyoratgohlari maqomi daxlsizligi masalasidagi qat’iy pozitsiyasi boshqa. Biz bu mintaqada barqarorlik va tinchlik bo‘lishiga umid qilamiz”, degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil xavfsizlik kuchlarining harakatlari Turkiyani xavotirga solmoqda.
Erdo‘g‘an Isroil prezidenti Isxak Gersog bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Anqaraning bu boradagi pozitsiyasini aniq ma’lum qilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bunga Isroil politsiyasining muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishi sabab bo‘ldi. Bu holat shundan beri har kuni takrorlanib kelmoqda.
Hozirgacha Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Iroq, Liviya, Iordaniya va Turkiya Isroil kuchlarining Al-Aqsoga kiritganini qoralab chiqdi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qilib, Al-Aqso atrofidagi hodisalarga qarshilik ko‘rsatishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi.
Mutaassib yahudiylar ziyoratgoh shoh Sulaymon maqbarasi vayronalari o‘rnida barpo etilgan deb, masjid hududiga tez-tez bostirib kiradi.
Isroil va Iordaniya o‘rtasida 1994 yilda tuzilgan kelishuvga binoan “Al-Aqso” masjidi Quddus Islom jamg‘armalari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.
Biroq, 2003 yildan beri yahudiylar ma’muriyat ruxsatini e’tiborga olmay, Isroilning bir tomonlama qarori bilan politsiya hamrohligida ziyoratga bostirib kirishni boshladi. Islom jamg‘armalari boshqarmasi bunday harakatlar musulmonlar suverenitetining buzilishi ekanini ta’kidlaydi.
LiveBarchasi