Turkiya “Al-Aqso”ga qilingan bosqin yuzasidan munosabat bildirdi

Olam

image

Avvalroq, Quddusda mutaassib yahudiylar Isroil politsiyasi hamrohligida “Al-Aqso” masjidi hududiga bostirib kirgani haqida xabar bergan edik.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil politsiyasi tomonidan “Al-Aqso” masjidining daxlsizligi buzilishi, xususan, falastinliklarga qarshi shovqinli granalardan foydalanib, ularning hibsga olinishini va mutaassib yahudiylarning muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishini qoraladi.

“Anqara Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan bir qator falastinliklarning, jumladan, ayollar va bolalarni hibsga olinishini va haqoratlanishini qoralaydi”, deyiladi xabarda.

Turkiya TIV Isroil musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida ham “Al-Aqso” masjidiga nisbatan provokatsiya uyushtirganini eslatgan.

“Ramazon oyida Isroilning “Al-Aqso”ga qarshi tajovuzi tufayli yuzaga kelgan keskinlik va mojaro xotirasi hali ham saqlanib turgan sharoitda bunday provokatsiyalar favqulodda xafvli”, deya ta’kidlagan TIV.

Turkiya yana bir bor Isroilni zudlik bilan bu fitnalarni to‘xtatishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 18 iyul kuni 1 210 nafar mutaassib “Al-Aqso” masjidining janubi-g‘arbidagi “Bob al-Mag‘rib” darvozasidan muqaddas qadamjoga bostirib kirdi. Mutaassib kayfiyatdagi odamlar yahudiylar xalqining milliy motam kuni – To‘qqizinchi ava munosabati bilan ziyoratgoh hududiga bostirib kirishga chaqirgan.

Bundan tashqari, kuchishlatar tuzilma xodimlari “Al-Aqso” hududidagi Qibla masjidida plastik o‘q va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan. Politsiya “Al-Aqso” masjidining barcha kirish joylarida to‘siqlar o‘rnatgan. Shuningdek, 40 yoshga to‘lmagan falastinliklar ziyoratgohga kiritish to‘xtatib qo‘yilgan. “Al-Aqso” ziyoratgohi atrofidagi keskinlik saqlanib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Al-Aqso Quddus

Baholaganlar

345

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing