Turkiya AQSH bilan F-35 qiruvchisi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya hukumati F-35 beshinchi avlod qiruvchi dasturi bo‘yicha AQSH bilan muzokaralar qayta boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Turkiyaning Mudofaa sanoati rahbari Ismoil Demirning so‘zlariga ko‘ra, Anqara F-35 samolyotini ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammoni hal qilish niyatida Vashingtondan xat olgan.

“Biz, allaqachon, biron bir davlat F-35 dasturidan chetlashtirilishi mumkin emasligini aytgan edik. Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan so‘nggi xat esa haq ekanimizni tasdiqladi”, deydi rasmiy.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa to‘plamlarini sotib olgani uchun mamlakatning Mudofaa sanoati boshqarmasi va uning rahbari Ismoil Demirga qarshi sanksiyalar kiritgandi.

Shundan so‘ng, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaning S-400 zenit to‘plamlarini sotib olgani sababli Turkiyaga qarshi kiritilgan AQSH sanksiyalarini Respublikaning suveren huquqlariga qarshi hujum deb atadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiya bilan Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olishidan keyin yuzaga kelgan vaziyatni hal qilish uchun ishchi guruh tuzmoqchi emasligini ma’lum qildi. AQSHning Turkiyadagi elchisi Devid Satterfild Vashington sanksiyalarni joriy etishga afsus bilan yetib borganini ta’kidlagan, chunki S-400 bilan bog‘liq vaziyat bir yildan ko‘proq davom etgan va hech qachon hal qilinmagandi.

Keyinchalik, Turkiya Prezidentining Matbuot kotibi Ibrohim Kalin AQSHni rasmiy Anqara Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olgani uchun bosim o‘tkazi qanday oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing