Senat majlisi koronavirus sabab yangicha shaklda o‘tkaziladigan bo‘ldi
Jamiyat
−
24 mart 2020
7571Bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab majlis boshqacharoq tartibda o‘tkaziladi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020 yil 24 mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi”, deyiladi xabarda.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek, Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab to‘xtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi. Majlisda quyidagi masalalar ko‘riladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
2. “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
3. “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
4. “III va IV darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
5. “Sog‘lom avlod uchun” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
6. Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risida.
Eslatib o‘tamiz, Senatning ikkinchi yalpi majlisi joriy yilning 28 fevral kuni o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr