O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar yana uchtaga ortdi
Jamiyat
−
24 mart 2020
21348O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana uchtaga oshib, 49 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangan.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi