Turkiya aholisidan uydan chiqmaslik so‘ralmoqda

Olam

image

Turkiyada rekord darajadagi jazirama tufayli aholidan uydan chiqmaslik so‘ralmoqda. Bu haqda mahalliy meteorologiya bosh boshqarmasi mutaxassislariga tayanib, NTV xabar berdi

Qayd etilishicha, ertaga, 13 avgust kuni Turkiyani rekord darajada issiq havo to‘lqini qoplaydi. Joriy yilning fevral oyida zilzila sodir bo‘lgan hududlar, jumladan Qahramonmarashda havo harorati 46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. 

“Mutaxassislar, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Onadolu hamda Sharqiy O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari aholisini o‘ta zarurat bo‘lmasa, uylarini tark etmaslikka chaqiradi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yil iyul oyidagi o‘rtacha global harorat rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

issiq Turkiyada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing