2023 yil iyul oyi tarixdagi eng issiq davr sifatida qayd etildi

Bu qiziq

image

2023 yil iyul oyidagi o‘rtacha global harorat rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu Yevropa Ittifoqining iqlim o‘zgarishini monitoring qilish xizmati Copernicus ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqda. 

Qayd etilishicha, iyul oyidagi havo harorati 2019 yilning shu oyiga nisbatan 0,33 darajaga issiqroq bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, Shimoliy yarim sharning ko‘plab hududlarida, jumladan, Yevropaning janubida ham jazirama to‘lqinlar kuzatilgan. 

Grenlandiya janubida, Labrador dengizi, Karib dengizi va O‘rta yer dengizida qayd etilgan dengiz issiqlik to‘lqinlari tufayli dunyo okeanlari va aysberglar yuzasi harorati bo‘yicha rekordlar ham yangilangan. 

Antarktika dengiz muzining darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 15% past edi. Bu sun’iy yo‘ldosh orqali o‘tkazilgan kuzatuvlar davomida iyul oyidagi eng past ko‘rsatkichdir. 

Mavjud vaziyat ushbu rekordlarning asosiy sababi bo‘lgan global issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha katta sa’y-harakatlarning dolzarbligini ko‘rsatadi. Bu haqda Copernicus iqlim o‘zgarishi xizmati vakili Samanta Berdjess ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan oy o‘rtacha global harorat sanoatdan oldingi darajadan 1,5 darajaga ko‘tarilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing