Turkiy ishbilarmonlar kengashi Toshkentda to‘planadi
Jamiyat
−
02 mart 2019
6413Kecha, 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Abu-Dabi shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, Turkiy kengash faoliyatida kuzatilayotgan jo‘shqin o‘zgarishlar O‘zbekistonda katta qiziqish uyg‘otmoqda. O‘zbekiston ushbu jarayonning bir qismi bo‘lish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zlamoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019 yilda Toshkent shahrida Turkiy ishbilarmonlar kengashi va uning biznes forumining navbatdagi majlisini o‘tkazishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiy kengash o‘rtasidagi hamkorlik bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
LiveBarchasi