Turkiy investitsiya fondi tashkil etildi

Olam

image

Turkiy Davlatlar Tashkilotining bugun, 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sammiti yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:

1. Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitining Anqara deklaratsiyasi;

2. Turkiy davlatlar tashkilotining fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror;

3. Turkiy investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim.

Sammitda  tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari – Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari – Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar ishtirok etdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing