“Turkish Airlines” O‘zbekistonning ikkita shahariga parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnoma oldi
Jamiyat
−
20 aprel 2021
6394“Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan joriy yil 15 aprelda Turkiya Respublikasining “Turkish Airlines” aviakompaniyasiga Istanbul – Urganch – Istanbul va Istanbul –Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Eslatib o‘tamiz, “Turkish Airlines” aviakompaniyasi 2006 yil 28 sentabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega bo‘lib, Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
LiveBarchasi