Turk lirasi rekord darajada qadrsizlandi
Olam
−
16 mart 2023
7786Bugun, 16 mart kuni Turkiya milliy valyutasi dollarga nisbatan qadrsizlanib, bir AQSH dollari uchun 19,02 liraga tushib, o‘z pasayish rekordini yangiladi. Buni birja savdolarining onlayn ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Turk lirasi oxirgi oyda 18,80 – 18,88 oralig‘ida sotuvga qo‘yilyapti. Navbatdagi pasayish 5 martda boshlandi, shundan so‘ng lira asta-sekin bir AQSH dollari uchun 19 ga yaqinlasha boshladi.
Ayni damda lira 18,99 da savdoni davom ettirmoqda.
Turk lirasi 2021 yil noyabr oyida yil boshiga nisbatan deyarli uchdan bir qismga quladi. Bunga sabab Markaziy bankning rasmiylar bosimi ostida chegirma stavkasini pasaytirishda davom etayotgan siyosati hisoblanadi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yuqori foiz stavkalarini rasmiylarga inflyatsiyani samarali pasaytirish va liraning tushishini to‘xtatishga to‘sqinlik qiluvchi jiddiy muammo deb biladi.
Inflyatsiya 2022 yilda Turkiya iqtisodiyotining asosiy muammolaridan biriga aylandi. Bunga iqtisodiyotdagi global jarayonlar, jiddiy retsessiya kutilishi, shuningdek, turk lirasi kursining keskin tushib ketishi sabab bo‘ldi. Ayni paytda respublika rahbari 2023 yilda hukumat inflyatsiyani maqbul darajaga qaytarish ustida ish olib borishini va kelajakda uni bir xonali raqamlarga qaytarish istiqbolini bildirdi.
LiveBarchasi