“Turizm to‘g‘risida”gi qonun loyihasini 75 senator ma’qulladi
Jamiyat
−
21 iyun 2019
4750Xabaringiz bor, bugun O‘Zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti.
Senatorlar muhokamani “Turizm to‘g‘risida”gi qonun loyihasidan boshladi. Senatorlar qonun loyihasiga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputat va tegishli vazirliklar vakillariga murojaat qildi va javob oldi.
Turizm sohasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev qonunning qabul qilinishini so‘radi. Shundan so‘ng, Senat raisi Tanzila Norboyeva qonunni ovozga qo‘ydi.
Qonun loyihasi ovoz berish jarayonida 75 nafar senatorning ma’qullashi bilan qabul qilindi.
LiveBarchasi