Turizm mavsumida “Registon” kompleksi yarim tungacha ishlaydi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2019
2585Joriy yilning 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan hududlardan tashqari Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun “E-IJRO AUKSOIN”da elektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladi.
Shuningdek, shaharning “Universitet hiyoboni”, Islom Karimov, Alisher Navoiy va Pushkin ko‘chalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda 2019-2021 yillarda turizm infratuzilmasi tashkil etiladi.
Qarorga ko‘ra:
• “Bog‘i baland” va “Bog‘i Shamol” bog‘lari joylashgan joyni aniqlash orqali qayta tashkil etiladi va tarixiy qiyofasi qayta tiklanadi;
• “Sheroz qal’a” , “Dobussiya”, Revdat shaharchasi – Kofir qal’a, Afrosiyob shaharchasidagi arxeologik yodgorliklar YUNESKO bilan kelishgan holda restavratsiya qilinadi;
• arxeologik yodgorliklar hududida “ochiq osmon ostidagi” muzeylar tashkil qilinadi va tashrif buyuruvchilarni elektron hisobga olish tizimi joriy etiladi.
2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, turizm mavsumi davomida (mart-noyabr) “Registon” kompleksi har kuni soat 7:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.
LiveBarchasi