“Postlar AQŞga qaratilgan edi”. Eron TIV Özbekistonning notasiga munosabat bildirdi

Jamiyat

−

image

Avvalroq, Eronning turli mamlakatlaridagi elçixonalari AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning Registon maydonidan turib yöllagan murojaatiga javoban u turgan joyni Eron merosining bir qismi deb atagan edi. Bunga javoban Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Eron tomoniga norozilik notasini berdi va postlar öçirtirildi. Uşbu voqealar rivojiga Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bağoiy munosabat bildirdi.

Bağoiyning Eronning Özbekistondagi elçixonasi tomonidan e’lon qilingan bayonotida aytilişiça, Eron va Özbekiston örtasidagi aloqa va riştalar faqatgina bugun yoki keçagi kunga tegişli emas.

“Biz bu muştarak meros bilan faxrlanamiz va bu uni qöşni davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlaş uçun asos qilib olişimiz kerak. Bu sodir bölgan voqeada ba’zi elçixonalarimizdagi döstlarimizning murojaati Amerika tomoniga qaratilgan edi”, deydi u.

Şuningdek, Bağoiyning aytişiça, bu postlardan maqsad amerikaliklarning Eron sivilizatsiyasi, madaniyati va tarixiga nisbatan keskin va qöpol sözlari amalda qançalik asossiz va örinsiz ekanligini eslatiş bölgan. 

“Biz Özbekiston bilan munosabatlarimizni juda qadrlaymiz va işonçimiz komilki, aytib ötganimdek, bizning muştarak boyliklarimiz, jumladan, qöşni va undan taşqaridagi turli ölkalarda xalqlar örtasidagi döstona munosabatlarni davom ettiriş va mustahkamlaş uçun asosdir”, deydi u.

Özi nima bölgan edi?

Joriy yilning 19 oktyabr kuni AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga kelgan edi va u Registon maydonidan turib murojaat yöllagandi. U öz murojaatida Samarqand şahrini dunyoda muhim ahamiyatga ega kam sonli şaharlardan biri ekanini aytgan.

“Yer yuzida Samarqand kabi global savdoda tarixan muhim rol öynagan joylar kamdan-kam uçraydi. Bugun bu yerda bölib, nafaqat tarixni yodga oliş, balki kelajak uçun imkoniyatlar haqida fikr yuritiş men uçun şarafdir”, degan edi Rubio.

Uning uşbu murojaati X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilindi. Eronning Armanistondagi elçixonasi esa Rubioning postini belgilab, Registon fors fors sivilizatsiyasining bir qismi ekanini yozdi.

“Tarixni örganayotganingiz juda soz! Siz turgan bu joy Fors sivilizatsiyasi va me’morçiligining bir qismidir. Ötgan hafta Akropolda safsata sotib valdiragan öşa sivilizatsiyaning özginasi!” deya yozib qoldirilgan diplomatik missiya sahifasida.

Bundan taşqari, Eronning Zimbabvedagi elçixonasi Registon maydonidagi ravoqlarni Eron-islom sivilizatsiyasiga xos me’moriy belgi deb atagan bölsa, Bolgariyadagi elçixonasi Rubio Samarqandda fors merosi fonida suratga tuşganini yozgan. Şuningdek, Zimbabve, Finlyandiya va Xitoydagi elçixonalar ham şunga öxşaş mazmunda bayonotlar e’lon qilgan.

 
 

 

 

Keyinroq, uşbu masala yuzasidan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan tegişli diplomatik çoralar körildi. Xususan, joriy yilning 23 oktyabr kuni Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilgan.

Eron tomoniga Özbekistonning qat’iy e’tirozini ifodalovçi norozilik notasi topşirilgan.

“E’tirozga Eronning xorijiy davlatlardagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan X ijtimoiy tarmoğida Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvçi materiallarning e’lon qilinişi sabab böldi”, deyiladi Özbekiston TIV bayonotida.

Qayd etilişiça, uçraşuv davomida Samarqand, Buxoro, Xiva va Özbekistonning boşqa tarixiy şaharlari merosi köp asrlar davomida şakllangan boy va köp qirrali tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani ta’kidlangan. Samarqandning tarixiy-madaniy qiyofasi özbek xalqining köp asrlik tarixi, davlatçilik an’analari va madaniy taraqqiyotini aks ettirişi uqtirilgan.

Şuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadigan materiallar özaro hurmat va işonç tamoyillariga muvofiq bölişi, tarixiy-madaniy masalalarning siyosiylaştirilişiga olib kelmasligi lozimligi urğulangan.

Eron tomoniga tegişli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik böyiça zarur çoralar köriş talabi bildirilgan.

“Özbekiston Eron bilan özaro hurmat va işonçga asoslangan munosabatlarni qadrlaydi. Şu bilan birga, mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosini biryoqlama talqin qilişga nisbatan prinsipial pozitsiyasini saqlab qoladi”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing