Turizm qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 17 sentyabrdagi tegishli farmoni bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. 

Unga ko‘ra, Ulug‘bek Ahmadovich A’zamov endilikda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi. 

Ulug‘bek A’zamov 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 

2002 yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini “Xalqaro turizm menejmenti va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Ulug‘bek A’zamov O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Bugun, 19 sentyabr kuni Ulug‘bek A’zamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi jamoasiga tanishtirildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Ulug'bek A'zamov

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing