O‘zbekistondagi barcha xorijiy sayyohlar ortga qaytariladi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan xorijiy sayyohlar tartib bilan, maxsus reyslar orqali o‘z yurtlariga qaytariladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 15 mart kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Hukumat raisi Abdulla Aripov ertaga, 16 martdan e’tiboran O‘zbekistonda barcha mamlakatlar bilan aviaqatnovlar va avtomobil transportida yo‘lovchi tashish to‘xtatilishi, temir yo‘lga esa yana uch kun muhlat berilishini ma’lum qildi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining razmiy bayonotiga ko‘ra, hozirda chet davlatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ham maxsus reyslar bilan O‘zbekistonga qaytariladi. Ularning bari  ma’lum muddat karantin rejimida bo‘ladi.

 

“Turizm sohasida faoliyat yurituvchi barcha biznes vakillaridan bunday vaziyatda vahimaga tushmaslikni so‘rab, barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birga tartib bilan hamjihatlikda hal qilinishini ma’lum qilamiz”, rasmiy bayonotda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi koronavirus

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing