Abdulaziz Aqqulov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan qarori bilan Abdulaziz Aqqulov ushbu lavozimga tayinlandi. 

Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda Prezident qarori o‘qib eshittirildi.  

Shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Ulug‘bek Patxiddinovich Qosimxo‘jayev esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. 

Ma’lumot o‘rnida, Aziz Aqqulov 1985 yilda tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2005 yil bakalavr, 2007 yil magistratura bosqichini “Xalqaro turizm menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 

2005-2006 yillarda “O‘zstandart” agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti mutaxassisi;

2006-2011 yillarda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi “Tur servis standart” Davlat unitar korxonasi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, korxona direktori;

2011-2017 yillarda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i v.b., boshqarma boshlig‘i;

2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i;

2018 may oyidan noyabr oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;

2018 yil noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimlarida ishlagan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Aziz Aqqulov

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing