Tunda yetti hududda koronavirusga chalinganlar ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 21 sentyabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 149 nafarga oshib, 51 789 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 91 nafari Namangan viloyati, 20 nafari Andijon viloyati, 11 nafari Toshkent viloyati, 8 nafari Qoraqalpog‘iston, yana 8 nafari  Buxoro viloyati, 7 nafari Navoiy va 4 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli Z.Ch. (ayol) hamda Shayhontohur  tumanida yashagan 46 yoshli H.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda O‘zbekistonda 47932 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 3422 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 557 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing