Tunda O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 11 noyabr kuni tunda O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.                                    

Unga ko‘ra, 12 noyabrga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 22:43 da (Grinvich bo‘yicha 17:43 da) Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 3,2 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 40,27 gradus shimoliy kenglik, 62,92 gradus sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi. 

Yer silkinishining chuqurligi 10 km, magnitudasi 3,2 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 532 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 noyabr kuni soat 03:57 da Buxoro viloyati hududida 4,7 magnitudali, soat 19:49 da esa Qorako‘l tumanida 3,8 magnitudali zilzila yuz bergan edi


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro zilzila Qorako'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing