Tunda O‘zbekistonda ikkita yer silkinishi kuzatildi

Jamiyat

image

Bugun, 9 sentyabr kuni tunda O‘zbekistonda ikkita yer silkinishi kuzatildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Dastlab Toshkent vaqti bilan soat 01:29 da (08.09.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 20:29 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 39,79 gradus shimoliy kenglik; 69,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 5 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 168 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Bekobod shahrida 2-3 ball, 58 km.
Shirin shahrida 2-3 ball, 68 km.
Bekobod tumanida 2 ball, 78 km.
Yangiobod tumanida 2 ball, 81 km.
Boyovut tumanida 2 ball, 89 km.

Ikkinchi silkinish bevosita O‘zbekistonda kuzatildi. Mahalliy vaqt bilan 9 sentyabr soat 02:00 da (08.09.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 21:00 da) zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr: Andijon viloyati, Asaka tumani. Zilzila koordinatalari: 40,58 gradus shimoliy kenglik; 72,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 259 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Asaka tumanida 2 ball, 11 km.
Shahrihon tumanida 2 ball, 14 km.
Marhamat tumanida 2 ball, 14 km.
Quva tumanida 2 ball, 14 km.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

1106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing