Tunda telefon yonida uxlashning qanday zararlari bor?
Foydali
−
15 dekabr 2020
23375Nevrolog shifokor Mariya Ignatova uyali telefon yonida uxlashning zararlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda "Praym" agentligi xabar bermoqda.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, uyali telefonlar va boshqa gadjetlarda inson tanasi to‘qimalariga singib ketadigan va uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan radiochastotali nurlanish mavjud.
"Nurlanish bepushtlik, saraton, asab va ruhiy kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi", degan Ignatova.
Mutaxassis bolalar, homilador ayollar hamda yurak-qon tomir, asab va immun tizimlarida muammosi bo‘lgan odamlar elektromagnit maydonlarga eng sezuvchan bo‘lishini ta’kidlagan.
Shuningdek, Ignatova uyali telefon nurlanishining inson tanasiga ta’siri to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidlagan.
Nevrologning fikriga ko‘ra, smartfonlardan tunda foydalanish juda xavfli hisoblanadi: ekranning ko‘k chirog‘i ko‘zlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bosh og‘rig‘i va uyqusizlikni keltirib chiqaradi, shuningdek xotirani yomonlashtiradi.
Shifokor gadjetlar uxlayotgan odamdan 2 metr uzoqda bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi