Tunda 9 ta hududda koronavirusga chalinganlar ko‘paydi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2020
19069Bugun, 18 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129 nafarga oshib 63 124 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 29 nafari Toshkent shahrida;
• 26 nafari Toshkent viloyatida;
• 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 9 nafari Andijon viloyatida;
• 19 nafari Jizzax viloyatida;
• 14 nafari Namangan viloyatida;
• 10 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 11 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 4 nafari Xorazm viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 60 080 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 519 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi