Tunda 5 hududda koronavirusga chalinganlar ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 3 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 148 nafarga oshib 57 924 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    85 nafari Toshkent shahrida,
•    23 nafari Toshkent viloyatida, 
•    19 nafari Jizzax viloyatida,
•    12 nafari Samarqand viloyatida, 
•    9 nafari Namangan viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 54 456 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 992 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing