Tunda 123 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
31 avgust 2020
70352020 yil 31 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 123 nafarga oshib, 41651 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 89 nafari Toshkent shahrida;
• 14 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 10 nafari Toshkent viloyatida;
• 8 nafari Andijon viloyatida;
• 2 nafari Namangan viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 60 yoshli X.A. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 53 yoshli S.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 38819 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2515 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 250 nafari og‘ir, 137 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi