Tuman sabab yana parvozlar kechiktirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 8 dekabr kuni ertalab ob-havo sharoiti tufayli ko‘rishning yomonlashishi Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga ta’sir qildi.

Toshkentdan uchayotgan HY051 reysi Urganch aeroportiga soat 08:20 da qo‘nishi kerak edi. Biroq, aeroportdagi qalin tuman tufayli  reys qoldirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot poytaxtdan soat 11:00 da havoga ko‘tarilib, Urganchga 12:10 da yetib kelishi kutilmoqda.

Shuningdek, Toshkent – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY011 reysi kechiktirilishiga tuman sabab bo‘ldi. Samolyot Toshkentdan soat 07:30 da parvoz qilishi kerak edi, ammo noqulay ob-havo sharoiti (200 metrdan ko‘rish imkoniyati) tufayli parvoz, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 10:30 da qoldirildi.

“Navoiy” aeroportini ham quyuq tuman qoplab, ko‘rish masofasi 300-350 metrgacha qisqargan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 dekabr kuni ham tuman tufayli bir qancha mahalliy va xalqaro reyslar kechiktirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tuman parvoz

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing