Tuman sabab ikki samolyot belgilangan aeroportiga qo‘na olmadi
Jamiyat
−
06 yanvar 2022 8027 1 daqiqa
Bugun, 6 yanvar kuni Toshkentdan uchgan ikkita samolyot tuman tufayli belgilangan aeroportlarga qo‘na olmadi. Bu “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman va ko‘rishning yetarli darajada emasligi munosabati bilan HY-051 Toshkent – Urganch reysi Nukus aeroportiga kelib qo‘ngan.
Shuningdek, HY-065 Toshkent –Termiz reysi Toshkent aeroportiga qaytib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha 5 yanvar kuni aviakompaniya Qozog‘istondagi vaziyat tufayli Qozog‘istonning Aqtau shahriga parvozlarni bekor qilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust